Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda jami 678 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, tanqidiy materialni o‘rganish asosida 32 ta fuqaroning huquqlari tiklangan.
Davlat organlarining huquqiy hujjatlarini tizimli ravishda o‘rganish natijasida:
26 mingga yaqin qonunga zid hujjatlarga protest keltirildi, qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida tegishli idoralarga 14 mingta taqdimnoma kiritildi;
640 mlrd. so‘m zararni undirish haqida sudlarga 15 mingdan ortiq arizalar kiritildi;
225 ming nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.