DataLife Engine / O‘zbekistonliklar qaysi to‘lov xizmatidan ko‘proq foydalanadi?

O‘zbekistonliklar qaysi to‘lov xizmatidan ko‘proq foydalanadi?

Research Group Central Asia (RGCA) tadqiqot agentligi O‘zbekiston aholisining qaysi to‘lov xizmatlaridan ko‘proq foydalanishi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, Click to‘lov tizimi eng ko‘p foydalanish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Payme va Uzum Bank joy olgan.

Yaqinda Uzum va Click birlashishi e’lon qilingandi. Agar bu amalga oshsa mamlakat aholisining uchdan bir qismi bir to‘lov xizmatidan foydalanishini angalatadi.
26-07-2023, 17:06
Вернуться назад