DataLife Engine / Kambodja bosh vaziri 38 yillik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqqanini e’lon qildi

Kambodja bosh vaziri 38 yillik faoliyatidan so‘ng iste’foga chiqqanini e’lon qildi

Kambodja bosh vaziri Xun Sen uch hafta ichida o‘z lavozimini tark etishini va bu lavozimni to‘ng‘ich o‘g‘li Xun Manetga topshirishini aytdi.

Bu haqda siyosatchi davlat televideniyesi orqali ko‘rsatilgan mamlakat fuqarolariga murojaatida aytib o‘tdi.

Xun Sen o‘z qarori haqida Kambodja qiroli Norodom Sihamoni xabardor qilganini va monarx uning iste’fosini qabul qilganini ta’kidladi.

"Men bundan keyin ham bosh vazir lavozimini egallamasligimni e’lon qilmoqchiman. Yangi hukumatni Xun Manet boshqaradi", - dedi bosh vazir.
27-07-2023, 16:09
Вернуться назад