Milan shahrida Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvlarini toshkentlik hakam boshqarmoqda
Xabaringiz bor, shu kunlarda Milan (Italiya) shahrida Qilichbozlik boyicha jahon chempionati bolib otmoqda.
Mazkur Jahon chempionatini boshqarish uchun dunyoning 39 mamlakat kelgan hakamlar orasida Toshkent shahridan Xalqaro (B) toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor.
Final bellashuvlarini kuzatish uchun Italiya Prezidenti janob Serdjo Matarella kelganda ham musobaqani D.Turdiqulova boshqarib bordi.
D.Turdiqulova ancha yillardan buyon xalqaro musobaqalarda hakamlik qilib, uchrashuvlarni odilona boshqarib boradi va 2024-yilda Parijda bolib otadigan Olimpiya o‘yinlarida ham hakamlik qiladi.