Germaniya mudofaa vazirligi yana Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi “Taurus” qanotli raketalarini yetkazib berishdan bosh tortdi, deb yozadi Germaniyaning Tagesschau nashri.
Rad etish sabablari aytilmagan. Bunday raketalarning Ukrainaga uzatilishini muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq va hukmron koalisiya tarkibiga kiruvchi Germaniya erkin demokratik partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ukraina elchisi Aleksey Makeev bunday raketalarni zudlik bilan Kiyevga topshirishni talab qildi.