Qashqadaryo viloyat hokimligi va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan 2023−2024-o‘quv yilidan “Hokim stipendiyasi"i joriy etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tanlovda viloyatdagi davlat OTMlarining bakalavriatura 1−2−3−4 bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
fan olimpiadalari va turli tanlovlardagi ishtiroki;
yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
xorijiy tillarni bilish;
O‘zbekiston tarixini bilish;
axborot texnologiyalaridan xabardorlik.
Jami 14ta g‘olibga jami 10 davomida har oy BHMning 3 barobari (990 ming so‘m) miqdorida stipendiya ajratiladi.
Tanlov ishtirokchilaridan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
pasport nusxasi hamda 2 tadan 6×4 va 10×15 o‘lchamlaridagi fotosurat;
baholash qaydnomasi (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan) nusxasi;
ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarining tasdiqlangan nusxasi.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Arizalarni joriy yilning 2 avgustidan 11 avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 75 221 17 68 raqami orqali olish imkoniyati mavjud.