DataLife Engine / Norin tumanida joriy yilning o‘tgan 5 oyi davrida aholidan 2 787 ta murojaatlar kelib tushgan.

Norin tumanida joriy yilning o‘tgan 5 oyi davrida aholidan 2 787 ta murojaatlar kelib tushgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Norin tumanidagi Xalq qabulxonasining “Hokim yordamchilari faoliyati natijadorligini o`rganish hamda murojaatlarning tahlili yuzasidan” yuborgan axborot xatini ko`rib chiqish haqidagi so'rovnomasida ma'lum qilingan.

Ma'lumotda keltirilishicha murojaatlarning 6 tasi Call markaz orqali, 79 tasi Veb-sayt orqali, 1 986 tasi Ishonch telefoni orqali, 6 tasi Onlayn mahalla platformasi orqali, 43 tasi Prezident pochtasi orqali, 77 tasi Prezident xalq qabulxonasi orqali, 5 tasi raxbar qabuli orqali, 120 tasi Rahbarga murojaat orqali, 11 tasi sayyor qabul orqali, 11 tasi Tashkilot pochtasi va sektor sayyor qabuli xamda Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojatlardir.

Ushbu murojaatlar sektorlar kesimi bo‘yicha tahlil etilganda, 1 sektor hududidan 1 029 ta, 2 sektor hududidan 735 ta, 3 sektor xududidan 749 ta va 4 sektor hududidan 365 tani tashkil etgan bo'lsa mahallalar kesimida ushbuko'rsatkish Furqat MFYda 117 ta, Qozoqovul MFYda 90 ta, To‘da va Sho‘rariq MFYlarida 89 tadan, Tegirmonboshi MFYda 73 ta, Pastki Cho‘ja, Toshloq, Qo‘shchek MFYlarida 75 tadan, Yashik va Xo‘jobod MFYlarida 70 tani tashkil etgan. 
30-07-2023, 11:13
Вернуться назад