DataLife Engine / Energetika vazirligi Namangandagi metan «zapravka»dagi hosil bo'lgan navbatlar bo'yicha izoh berildi

Energetika vazirligi Namangandagi metan «zapravka»dagi hosil bo'lgan navbatlar bo'yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namanganda joylashgan metan «zapravka»dagi holatga Energetika vazirligi  izoh berildi. Aytilishicha, Namangan viloyatidagi barcha metan «zapravka»larga ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan.

Videoda tarqalgan holatdagi «zapravka» esa berilgan oylik limitni ishlatib bo‘lgan. Bugun soat 00:00 dan yangi oy boshlanadi va mazkur «zapravka»ga gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, metan «zapravka»larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q. Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli «Ishonch telefoni» qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.
1-08-2023, 10:31
Вернуться назад