2023 yilning 1 avgust kuni soat 02:05 da viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga viloyat Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘l telefonidan qo‘ng‘iroq qilib, Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan 2 qavatli savdo do‘konlari (Xalq tilida eski PMK savdo majmuasi)da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar bergan.
Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi. Yong‘in joyiga soat 02:07 da yetib borib, savdo do‘konlarining taxminan 700m2 maydonga tarqalib yonayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan va soat 03:11 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Ibn-Sino ko‘chasi yo‘li yoqasida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli 2 qavatli 15 ta do‘konning ichki tovar maxsulotlari va shift qismi yongan bo‘lib, xuddi shu manzilda bo‘lgan Buxoro markaziy dehqon bozori AJga qarashli 1 qavatli savdo pavilionidagi 8 ta savdo do‘konlari (jami 23 ta savdo do‘koni) ichida bo‘lgan tovar moddiy boyliklari va do‘kon jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘indan bozor tasarufidagi pavilion va savdo do‘konlarining 10.000 m2 maydoni saqlab qolindi.
Yong‘in natijasida insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar tekshiiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnik ekspertizasi tayinlangan.
Voqea joyiga viloyat sektor rahbarlari, FVB, Milliy gvardiya boshqarma boshliqlari va boshqa mas’ul rahbarlar jalb etilgan.