“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi Arab chempionlar kubogi 2-bosqichi doirasidagi “Monastir” (2:1) darvozasiga gol urdi. 38 yoshli portugaliyalik raqib darvozasiga boshi bilan to‘pni kiritdi.
433 xabariga ko‘ra, Ronaldu faoliyatida 145-bor boshi bilan gol urdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u futbol tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichga erishdi.
Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 144 ta golni boshi bilan urgan germaniyalik hujumchi Gerd Myullerni ortda qoldirdi. Uchinchi qatorda ispaniyalik Santilyana (125ta boshi bilan urilgan gol), to‘rtinchi qatorda braziliyalik Pele (124ta) joy olgan.