DataLife Engine / Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangandan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.

Kecha ilk bor “Panorama Airways" aviakompaniyasining havo kemasi Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

An’anaga muvofiq havo kemasi aeroportda sun’iy suv arkasi hosil qilingan xolda kutib olindi.

Aviakompaniyaning A 320 rusumli havo kemasi ilk bor Namangan-Madina-Namangan yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshiradi.

"Namangan-Madina-Namangan yo‘nalishidagi parvozlar haftaning Chorshanba, Payshanba, Juma va Shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Panorama Airways" aviakompaniyasi 2021 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Toshkent va Samarqand shaharlaridan Madina shahriga aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Samarqanddan Madinaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Samarqanddan Madinaga parvozlar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi.
2-08-2023, 20:49
Вернуться назад