Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak ayolni urib, sochlaridan tortib, kichik kanalga itarib yuborganligi aks etgan video tarqalgan edi.
Mazkur holat joriy yilning 23 iyul kuni Qashqadaryo tumani "Jumabozor" mahallasida sodir bo‘lgan. Kaltaklangan ayolning ta’kidlashicha, ayol dugonasi bilan mehmondorchilikdan qaytayotgan bo‘lgan.
"Mashina to‘xtatganimizda to‘xtamadi, keyin u bollar bizga "yopishib", sudrashga tushdi. Mening 2 mln so‘mlik "sepochka" va 1 500 000 so‘mlik telefonim bor edi. U majburlab, zo‘rlamoqchi bo‘lganligi sabab ko‘ylaklarimni ham yirtib tashladi".
Shuningdek, ayol u erkak spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganligi, ayol esa o‘zi ichmaganligi faqat qo‘lida aroq va go‘sht mahsulotlari bo‘lganligini bildirgan.
"Lekin mening sha’nim va obro‘yimni tiklab berolmaydi", -deydi ayol.
Mazkur MFY raisi holat nazoratga olinganini va ayolning kechqurun bazmdan qaytganligi, ayol kishiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda ayolga jarohat yetkazgan erkak qo‘lga olingan.