Tarmoqlarda "O‘zbekneftgaz"ga qarashli AYOQShlarda AI-92 benzini narxi 8600 so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Darakchi.uz nashri "O‘zbekneftgaz" AJ mas’uliga tayanib yozishicha, tarqalayotgan xabar to‘g‘ri, ayni paytda O‘zbekistonda AI-92 benzinining 1 litri 8600 so‘mdan sotilmoqda.
«... avvalroq 9000 so‘mdan sotilib kelingan AI-92 benzini narxi mart oyida e’lon qilingan aksiya doirasida 7500 so‘mga tushirilgan edi. Ayni paytga kelib, mazkur aksiya muddati tugadi. Biroq, narx avvalgi kabi 9000 so‘m emas, biroz arzonlashtirib, 8600 so‘m etib belgilandi. Undan ko‘tarilmaydi», — deya izoh bergan jamiyat mas’uli.