2023 yil yanvar-iyun oylarida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 25,4 mingtani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 12,6 mingtaga yoki 2 barobarga ko‘payganligi kuzatildi.
Ajrimlarning 60 foizi (15,3 mingta) shaharda, 40 foizi (10,1 mingta) qishloq joylarida qayd etilgan.
Mazkur vaqt davomida 1 nafar farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 13 186 tani tashkil etgan bo‘lsa, farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 6 730 tani tashkil etgan. 5 505 ta oila esa 3 nafar farzand bilan ajrashib ketgan.
Farg‘ona viloyati nikohdan ajralishlar soni eng ko‘p hudud sifatida qayd etilgan. Viloyatda yarim yilda 3 107 ta oila ajrashgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (2 989 ta) hamda Andijon viloyati (2 854 ta) keltirilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 6 oyida nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi erkaklar uchun 37 yosh, ayollar uchun 33 yoshni tashkil etgan. Nikohdan ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan.