DataLife Engine / “Umra” xizmatlari faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi

“Umra” xizmatlari faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko'ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishga oid xizmatlarni ko'rsatish bilan bog'liq turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining alohida faoliyat yo'nalishi hisoblanib, mazkur faoliyat faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.


Turistik faoliyatni amalga oshirish litsenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko'rsatish faoliyati bo'yicha quyidagi qo'shimcha litsenziya talablari va shartlari joriy etiladi:

“Umra” xizmatlarini ko'rsatuvchi turoperator murojaati asosida O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisini ziyoratchilarga guruh rahbari (ellikboshi) sifatida jalb etish bo'yicha quyidagi tartib joriy etiladi:

2023 yil 1 oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko'rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etiladi.


Qarorda belgilangan qo'shimcha litsenziya talab va shartlari 2023 yil 1 noyabrdan qo'llaniladi hamda ulardan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda arizani ko'rib chiqish uchun to'lanadigan yig'im va litsenziya uchun davlat boji undirilmaydi.


9-08-2023, 06:15
Вернуться назад