Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogining yarim finali juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Bular:
Magnus Karlsen (2835) — Nijat Abasov (2632)
Fabiano Karuana (2782) — Praggnanandhaa (2690)
Yarim final bahslari ertaga, 19-avgust kuni start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogida yuqori uchta o‘rinni egallagan shaxmatchilar Shaxmat toji uchun nomzodlarning saralash turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Har qanaqa vaziyatda ham Nijat Abasov hamda Pragg yarim finalgacha kelib haqiqiy sensasiya qilishdi. Ulardan qaysidir biri (balki ikkalasi ham) nomzodlar turniriga boradi, bu katta natija.
Ayniqsa musobaqa bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon vakili Nijat Abasovning o‘yini ko‘pchilikni hayron qoldiryapti.