Afg‘oniston birinchi marta Rossiyaga uzum eksport qildi. Bu haqda Daryo internet nashri o'z telegram kanalida ma'lum qildi.
Xabarda keltirilishicha, Mozori Sharifdan eksport qilingan afg‘on uzumi Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga, bu yerdan Rossiyaga jo‘natilgan.
Bundan tashqari yaqin orada ushbu yo‘nalishda anor, olma va boshqa ho‘l mevalar eksporti boshlanishi mumkin.