DataLife Engine / Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir qildi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir qildi

26 avgust kuni soat 14:00larda MAN-TGX rusumli yuk mashinasini boshqarayotgan 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 51 yoshli Rossiya fuqarosi boshqaruvidagi Lada Largus rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH Rossiya chegarasi yaqinidagi Qizilo‘rda viloyati Samara-Chimkent avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Natijada, Lada haydovchisi voqea joyida vafot etgan, uning voyaga yetmagan yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MAN-TGX haydovchisi transport vositasini charchagan holda boshqargan.
29-08-2023, 11:02
Вернуться назад