DataLife Engine / Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz Vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz Vatanga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz Vatanga qaytarildi. Qizaloqning rossiyalik onasi 2021 yilda kasallikdan vafot etgan. O‘zbekistonlik otasi esa 2023 yil iyunda deport qilingan.

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulxonasi oila va bolalarga yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizni Vatanga qaytarishga ruxsat olgan.

27 avgust kuni u Samarqandga olib kelingan va otasi bilan uchrashgan.
29-08-2023, 11:08
Вернуться назад