Qirg‘iziston va Falastin tashqi ishlar vazirlari Bishkekda Falastin elchixonasini ochishga kelishib oldilar, deb xabar qildi Qirg‘iziston TIV.
Bu qaror Qirg‘iziston va Falastin tashqi ishlar vazirlari Jeenbek Kulubayev va Riyod al-Malikiyning Bishkekdagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.
Kulubayev Qirg‘iziston TIV bu masalada Falastin tomoniga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Qirg‘iziston tomoni bir vaqtning o‘zida Falastindagi elchixonalaridan birini akkreditasiya qilmoqchi.