DataLife Engine / Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Davlatimiz rahbari Sergeli tumanidagi Yangi Bunyodobod mahallasida bo‘lib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. 13 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar va o‘smirlar sport maktabida barcha sharoitlar yaratilgan. Mahallaning drayveri – xizmat ko‘rsatish. Yaqinda maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonasini o‘z ichiga olgan ish markazi barpo etildi. Ularda mahalliy yoshlar foydali mehnat bilan band.

Prezident tikuvchilik korxonasidagi ayollar bilan suhbatlashdi. Uning rahbari ayollar tadbirkorligiga berilayotgan imkoniyatlar tufayli yangi uskunalar olgan, faoliyatini kengaytirgan.

– Biz nima uchun xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratamiz? Chunki bu oilaga, farzandlarimizga, kelajak avlodlarimizga e’tibordir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fuqarolar yig‘ini binosi zamonaviy qiyofaga ega. Bu yerda kutubxona, til o‘rganish to‘garaklari ham bor. Mahalla hududi obodonlashtirilgan. O‘yin va sport maydonchalari ta’mirlangan. Ikki yilda mahallada bironta jinoyat sodir etilmagan.

Mahalla raisi va faollari bilan suhbatda yoshlar bandligini ta’minlash, madaniy tadbirlar va musobaqalar tashkil etib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish haqida so‘z bordi. Tuman rahbarlariga ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni ko‘paytirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
30-08-2023, 15:13
Вернуться назад