"MYu"dan "badarg‘a" qilingan futbolchi o‘ziga yangi jamoa topdi. Xabarlarga ko‘ra, Turkiyaning "Beshiktosh" klubi tez orada Grinvudga yangi bitim taklif etadi. 22 yoshli hujumchi "MYu" bilan xayrlashgach, APLdan hech bir jamoa unga qiziqish bildirmagan edi.
Shu sabab u Kichik Osiyoga yo‘l olishga majbur bo‘lmoqda. "Beshiktosh" Grinvud"ga olti oylik qisqa bitim berishi aytilgan. Keyinchalik bu o‘zgartirilishi mumkin.