Ketma-ket 42 kun dam olishsiz ishlagani uchun vafot etgan Tayvanning Kaosyun shahridagi bog‘ qo‘riqchisi oilasiga taxminan 890 ming Tayvan dollari (28 ming dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi. Bu haqda Focus Taiwan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, erkak 2020 yil iyun oyida Formosa Wang Brothers bog‘ida qo‘riqchi bo‘lib ishlay boshlagan va o‘sha yilning 27 noyabrida u ish joyida yiqilib, 3 kundan keyin insultdan vafot etgan.
Erkak 42 kun dam olish kunlarisiz tungi smenada ishlagani uchun qorovulning oilasi tovon puli talab qilgan. Sud jabrlanuvchining tarafini oldi va parkni tovon puli to‘lashga majbur qildi.