Germaniyada ish haftasini maosh saqlangan holda 4 kungacha qisqartirish tajribadan o‘tkaziladi.
Ushbu tajribada Germaniyadagi 50 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi. Tajribani Intraprenör konsalting kompaniyasi va Myunster universiteti olimlari baholaydi.
Ularga 1 sentyabrdan boshlab, tajribada ishtirok etish uchun ariza berish imkoniyati yaratilgan. Sinov 2024 yil fevralidan avgustiga qadar davom etadi.
Tajribaning asosiy maqsadi haftasiga besh emas, to‘rt kun ishlayotgan xodimlar chindan ham o‘z hayotidan ko‘proq qoniqishi, o‘zini sog‘lom his qilishi, shifokorlarga kamroq tashrif buyurishi hamda ish unumdorligi o‘zgarmasligini aniqlashdan iborat.