DataLife Engine / Qozog‘istonda kollej talabalarining stipendiyasi 50 foizga oshdi

Qozog‘istonda kollej talabalarining stipendiyasi 50 foizga oshdi

Qozog‘istonda kollej talabalarini rag‘batlantirish maqsadida stipendiya miqdori bosqichma-bosqich – 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab 50 foizga oshirildi. 2024-yilda esa 100 foizga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yilida 190 ming yoshlar kollej talabasi bo‘lgan. Ulardan 133 ming nafari davlat ta’lim buyurtmasi bo‘yicha o‘qiydi. Korxonalar talabiga binoan 10 ming talaba ta’lim oladi.

Qozog‘iston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilda ta’lim tizimidagi buyurtma 50 ming o‘ringa yetkazilgan. Kvota bo‘yicha 75 ming nafar texnika va kasb-hunar kolleji talabalari o‘qishga qabul qilindi.

Qayd etish joizki, davlat buyurtmasi texnik mutaxassisliklarga qayta yo‘naltirilgan. Ular orasida geologiya, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, transport, IT, qurilish, pedagogika va tibbiyot kabi sohalar bor.

Davlat buyurtmasi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, stipendiyalar, ovqatlanish va yo‘lkiralar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida kollej talabalari uchun 2,5 ming o‘rinli 13 ta yangi yotoqxona foydalanishga topshirilgan.
4-09-2023, 20:13
Вернуться назад