DataLife Engine / Panama terma jamoasi futbolchisi ko‘chada otib ketildi

Panama terma jamoasi futbolchisi ko‘chada otib ketildi

Markaziy himoyachi Xilberto Ernandes Panamaning Kolon shahrida vafot etdi. Uni ko‘chada otib ketishdi.

Taksida ketayotgan ikki nafar qurollangan shaxslar Ernandesga qarata quroldan o‘q otishdi. Voqea 3 sentyabr, yashanba kuni sodir bo‘ldi.

Panamaning «Independyente» klubida to‘p tepayotgan 26 yoshli futbolchi shifoxonada vafot etdi. Undan tashqari yana yetti odam jarohatlandi.

Ernandes Panama terma jamoasi safida 2ta o‘yinda ishtirok etgan.
5-09-2023, 14:21
Вернуться назад