MLS'da "Los-Anjeles" bilan safar o‘yinidan so‘ng muxlislardan biri "Inter Mayami"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga shisha uloqtirdi. Bu haqda Repost.Az xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik o‘z qo‘riqchisi hamrohligida maydonni tark etayotgan va o‘sha paytda tribunadan futbolchiga shisha uloqtirilgan. Shisha Messiga tegmadi, futbolchi shishani ko‘rishi bilanoq engashib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Messi o‘sha uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirgandi. Uchrashuv mayamiliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘tgan oy oxirida Lionel Messi tansoqchi yolladi. Futbolchi uchun qo‘riqchini Amerika klubining hammuallifi Devid Bekxem tanlagan. Tansoqchi AQSh armiyasi maxsus kuchlarining sobiq askari, Iroq va Afg‘onistonda jangovar tajribaga ega va jangovar san’atda mahoratli. Shuningdek, u bir necha MMA janglarida qatnashgan.