Joriy yil 4 sentyabr kuni Rossiya Federasiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida o‘zbek xalqining otashin shoiri Usmon Nosir haykali ochildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"ga qarorida Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi va "Shahidlar xotirasi" jamg‘armasiga Rossiya Federasiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida Usmon Nosir xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatish va uning tantanali ochilish marosimini o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.
Joriy yil 4 sentyabr kuni Rossiya Federasiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida o‘zbek xalqining otashin shoiri Usmon Nosir haykali ochildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxbor elchisi Botirjon Asadov, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Novosibirskdagi shahri vakili Nikolay Afanasyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Toshmuxamedov va boshqa ijodkorlar so‘zga chiqdi.