AQSh hukumati Vyetnamga portlamagan o‘q-dorilarni tozalash uchun 25 million dollar va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash uchun yana 8,9 million dollar ajratadi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.
"Qo‘shma Shtatlar Vyetnamning mintaqaviy va xalqaro transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish salohiyatini mustahkamlash uchun umumiy qiymati 8,9 million dollarga teng yangi dasturlar va uskunalarni o‘tkazishni e’lon qilmoqda", - deyiladi bayonotda.