Yakunlangan saylov natijalariga ko‘ra, Rossiya poytaxti Moskvaning amaldagi meri Sergey Sobyanin 75 foizdan ortiq ovoz olib, o‘z lavozimida qoldi.
Bu haqda “Kommersant”ga tayanib, “Report” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, poytaxtda uch kun davom etgan ovoz berish odatdagidan jimgina o‘tgan, saylovchilarning mutlaq ko‘pchiligi o‘z xohish-irodasini bildirish uchun elektron formatni tanlagan. Nomzodlar va ularning shtablari tomonidan jiddiy qonun buzilishi kuzatilmadi va yakunlangan saylovoldi tashviqoti odat tusiga kirganini qayd etdi.
Umuman olganda, 2,7 milliondan ortiq h saylovchi (saylovchilarning 80% dan ortig‘i) onlayn ovoz berishni tanladi, 570 ming kishi qog‘oz byulletenlardan foydalangan.
Natijada amaldagi mer Sergey Sobyanin 77 foizdan ortiq ovoz bilan “elektron tanlov”da ishonchli g‘alaba qozondi. Keyingi o‘rinlarni Leonid Zyuganov (Kommunistik partiya, 8 foiz), Boris Chernishov (LDPR, 6 foiz), Vladislav Davankov (5,1 foiz) va Dmitriy Gusev (3,9 foiz) egalladi.a