Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uzoq davom etadigan urush haqida o‘ylashni istamaydi, biroq u shu narsaga tayyorlanmoqda.
Bu haqda Zelenskiy The Economist gazetasiga bergan intervyusida “Bu diplomatiya uchun yomon lahza” sarlavhasi ostida ma’lum qildi.
"Men tayyor bo‘lishim kerak, mening jamoam uzoq urushga tayyor bo‘lishi kerak va men hissiy jihatdan tayyorman", dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining fikricha, Rossiya uzoq davom etadigan urushga iqtisodiy jihatdan bardosh bera olmaydi. Shuningdek, u Ukraina Rossiya Federasiyasi ichidagi hujumlarni kuchaytirishini aytdi.
Ukraina prezidentining qo‘shimcha qilishicha, qarshi hujumdagi sekin o‘sishga qaramay, G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini davom ettirishi kerak.