O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank o‘rtasida Yagona g‘azna hisobvarag‘i orqali budjet to‘lovlarining 24/7 rejimida ishlash tartibi joriy etildi.
Bunda, tushumlar, soliq daromadlari va aholi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlarning kelib tushishi va xarajatlarning amalga oshirilishi dam olish va bayram kunlari, tong yoki tun bo‘lishidan qat’i nazar, 24/7 rejimda onlayn ta’minlanadi.