DataLife Engine / Soliq to‘lovchilarga 9,7 trln so‘m miqdorida QQS va keshbek summalari qaytarib berildi

Soliq to‘lovchilarga 9,7 trln so‘m miqdorida QQS va keshbek summalari qaytarib berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2023-yil I yarim yillik ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2023-yilning I yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 102,3 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 10,3 trln so‘mga (+11,1 foiz) ko‘p bo‘ldi. Shuningdek, ushbu davrda Davlat budjetining xarajatlari 129,1 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 26 trln so‘mga (+25,3 foiz) ko‘p bo‘ldi.

? Daromadlarning 74,6 foizi yoki 76,3 trln so‘mi Soliq qo‘mitasi, 23,8 foizi yoki 24,3 trln so‘mi Bojxona qo‘mitasi tomonidan, 1,7 trln so‘mi boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobidan shakllantirildi. Bunda, soliq to‘lovchilarga 9,7 trln so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i va keshbek summalari qaytarib berildi.

Bundan tashqari, hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 64,4 trln so‘m yoki umumiy xarajatlarning 50 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi.

✅ Ushbu xarajatlarning 58,1 trln so‘mi (90,1 foiz) Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, 5,9 trln so‘mi (9,3 foiz) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga transfertlar va 362,6 mlrd so‘mi (0,6 foiz) aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun xarajatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
12-09-2023, 20:00
Вернуться назад