Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib repost.uz ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 12 sentyabr kuni Yagafarova Chilonzor tumanida joylashgan DOCTOR SERVIS xususiy klinikasiga onasini ko‘rgani kelgan. Jurnalistda antibiotik levofloksasin bor edi, u tomoq og‘rig‘i tufayli buni orttirib olgandi. Bir muncha vaqt o‘tgach, unda tutqanoq boshlangan va hushini yo‘qotgan.
Yagafarovaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Muolajalardan so‘ng u hushiga kelgan va ahvoli yaxshilangan. Ammo ertasi kuni jurnalistda yana tutqanoq tutgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u soat 17:50da vafot etdi.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘lim levofloksasinga allergik reaksiya, bosh miya va o‘pkaning o‘tkir shishishi, o‘tkir respirator va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok natijasida sodir bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ramina Yagafarova “Dunyo bo‘ylab” telekanalida ishlagan. Voyaga yetmagan o‘g‘li bor.