DataLife Engine / “Kerak bo‘lsa, Yevroittifoq bilan aloqalarni uzamiz”

“Kerak bo‘lsa, Yevroittifoq bilan aloqalarni uzamiz”

Turkiya kerak bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni uzishi mumkin. Bu haqda amlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an maʼlum qildi.
 
Yevroparlament tomonidan shu hafta qabul qilingan hujjatda aytilishicha, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayoni hozirgi sharoitda qayta tiklana olmaydi, shuning uchun Yevropa Anqara bilan aloqalari uchun “parallel va real asos”ni o‘rganishi kerak.
 
“Yevropa Ittifoqi Turkiyadan alohidalanishga harakat qilmoqda. Biz bu voqealarni baholaymiz va kerak bo‘lsa, biz Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni uzishga erishamiz”, — deb taʼkidladi Erdo‘g‘an o‘z bayonotida.
 
Shu hafta boshida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Yevroparlament hisobotida “asossiz ayblovlar va noto‘g‘ri qarashlar borligi hamda yuzaki va uzoqni ko‘rmaydigan yondashuv ko‘rsatilganligi” haqida bayonot bergandi.
 
Turkiya 24 yildan beri Yevropa Ittifoqiga aʼzolikka nomzod maqomida qolmoqda, aʼzolik bo‘yicha muzokaralar so‘nggi yillarda YEI va Anqara o‘rtasida inson huquqlari va qonun ustuvorligi borasidagi muammolar tufayli to‘xtab qolgan.
17-09-2023, 11:21
Вернуться назад