Ozarboyjonning Qorabog‘ viloyatidagi Shusha shahri 2024 yil uchun Islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.
Bu haqda Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida ma’lum qilindi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi.
Shusha shahri Ozarboyjon tarixiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, islom sivilizasiyasi ramziga aylandi.
2022 yil Ozarboyjonda Shusha yili deb e’lon qilindi. Shusha madaniy hayotini jonlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musiqa bayramlari, she’riyat kunlari, ko‘plab mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TÜRKSOY) Shusha shahrini 2023 yil uchun turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qildi.