Bu Yer orbitasidagi XKSga o‘xshash stansiya bo‘ladi, lekin okean tubida.
Stansiyada laboratoriyalar, oshxona va yotoq xonalar joylashadi, konstruksiya modulli bo‘ladi, uni kengaytirish va boshqa joylarga ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Bazada bir vaqtning o‘zida olti kishidan iborat ekipaj ishlay oladi. Qurilish 2027 yilgacha yakunlanishi kutilmoqda.
Nihoyat odamlar faqat kosmosga intilavermay yerdagi okeanlarni ham yaxshiroq o‘rganishni boshlashyapti. Ma’lumot uchun, hozirgacha dunyo okenlarining faqat 2-5% qismigina o‘rganilgan.