Paxtaobod tumanidagi maktablardan birida bir necha yillardan buyon direktor lavozimida ishlab kelgan M.X. 2021 yilda qonunga zid ravishda lavozimidan bo‘shatilgan.
Shundan so‘ng, direktor o‘z lavozimiga qayta tiklanish uchun sudga murojaat qildi va 19.12.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan M.X.ning da’vo arizasi qanoatlantirildi. Maktab direktori o‘z lavozimiga ishga tiklanishi va majburiy progul kunlari uchun 44,9 mln. so‘m hamda 4 mln. so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ijro hujjati talablarini bajarish bo‘yicha javobgar tashkilotga ogohlantirishlar berildi. Natijada, maktab mas’uli o‘z lavozimiga darhol tiklandi, biroq majburiy progul kunlari uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida to‘lanmadi. Shu bois, bo‘lim xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, javobgarga tegishli mol-mulklar xatlab qo‘yildi.
Shundan so‘ng, maktab direktoriga 44,9 mln. so‘m hamda 4 mln. so‘m ma’naviy zarar pullari to‘liq undirib berilishiga erishildi.