Tog‘li Qorabog‘ respublikasi 2024 yil 1 yanvardan tugatiladi. Tan olinmagan respublika prezidenti Samvel Shahramanyan tegishli farmonni imzoladi.
“2024 yil 1 yanvargacha uning idoraviy bo‘ysunishidagi barcha davlat muassasalari va tashkilotlari tugatilib, Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (Artsax) o‘z faoliyatini to‘xtasin”, — deyiladi farmonda.
Eslatib o‘tamiz, 1991 yil 2 sentyabrda Qorabog‘ avtonom viloyati va Ozarbayjon SSRga tutash hududlarning bir qismi chegaralarida Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tashkil topgani e’lon qilingandi. Respublika BMTga a’zo bo‘lgan birorta davlat tomonidan tan olinmagan.