Qirg‘izistonda respublika milliy bayrog‘idagi ramzlarni o‘zgartirish ehtimoli to‘g‘risidagi masala ko‘tarilishi mumkin. Ushbu tashabbusni parlament yig‘ilishida deputat Ulan Primov kiritdi.
“Bayroqdagi nur shaklini o‘zgartirishni taklif qilaman, quyosh nuri tik tushmog‘i kerak”, degan u.
Noibni spiker Nurlanbek Shakiyev ham qo‘lladi.
Qirg‘iziston parlamentidagi manbalar “TASS”ga aytishicha, hozir mazkur masala bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ustida boshlangan ish keyinchalik umumxalq muhokamasiga olib chiqiladi.
1992 yil 2 mart kuni parlamentda tasdiqlangan Qirg‘izistonning amaldagi milliy bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risida masala shu paytgacha ko‘tarilmagan.