DataLife Engine / Qirg‘iziston parlamenti rahbari O‘zbekiston IT sohasi bilan tanishdi

Qirg‘iziston parlamenti rahbari O‘zbekiston IT sohasi bilan tanishdi

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyev rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahridagi IT Park O‘zbekiston majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamrohligidagi delegasiya a’zolari O‘zbekiston IT sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.

Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan qilingan taqdimotda mehmonlarga mamlakatda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

“Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bugun sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqot davomida IT eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish va O‘zbekistonni IT xabga aylantirish yo‘lida kelgusidagi rejalar haqida gapirib o‘tildi.
29-09-2023, 19:06
Вернуться назад