DataLife Engine / O‘zbekiston rahbari Qatarda “Al Mirqab Capital” xoldingi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston rahbari Qatarda “Al Mirqab Capital” xoldingi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Al Mirqab Capital” xolding kompaniyasi ijrochi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi.

1983 yilda asos solingan “Al Mirqab Capital” xoldingi AQSH, Yevropa va Yaqin Sharqda “For Seasons”, “The Ritz Carlton” va boshqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

Uchrashuvda mehmonxona infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantirish, logistika va energetika tarmog‘ini modernizasiya qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida logistika markazi, Buxoro shahrida mehmonxona-kongress majmuasini qurish, mamlakatimizda elektr ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga investisiya kiritish rejalari ko‘rib chiqildi.

Investisiya loyihalari qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.
2-10-2023, 19:09
Вернуться назад