DataLife Engine / O‘zbekistonda metangaz narxi oshdi

O‘zbekistonda metangaz narxi oshdi

Bugundan kuchga kirgan biznes uchun yangi energotariflar doirasida gazzapravkalarda metan narxi, ayrim kichik istisnolarni aytmasa, kubasiga 3250 so‘mdan sotilmoqda. Ayni shu narx kelgusi 6 oy uchun cheklangan potolok narx sifatida belgilangan. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram­ kanalida post qoldirdi.

Shuningdek, benzin savdosi bilan shug‘ullanadigan AYOQShlarda yuqori oktanli, ya’ni 92 va undan yuqori tipdagi benzin ham 8-10%ga qimmatlagan. Norasmiy manbalar bu holatni Rossiyaning benzin eksportiga o‘rnatgan cheklovlari bilan bog‘lashmoqda.

O‘zbekneftegaz shoxobchalarida o‘tgan haftalargacha 9200 so‘mdan sotilgan Ai-92 endi 10200 so‘mdan sotilmoqda. Sal avvalroq, 16 avgustgacha xuddi shu markadagi benzin 8600 so‘mdan, mart oyidan 2 avgustgacha esa 7500 so‘mdan (go‘yoki aksiya tariqasida) sotilgan. Ya’ni to‘liq bo‘lmagan 2 oyda Ai-92 36 foizga qimmatladi.

Boshqacha aytganda, Rossiya o‘rnatgan eksport cheklovlari bahonasida yuzaga kelgan taklif kamayishidan mahalliy ishlab chiqaruvchi va vertikal monopolist ustamonlik bilan foydalanmoqda. Antimonopoliya organimiz esa hozircha jim-jit.

Ai-95 markali benzinning bir dollardan (12200 so‘m) arzonroq taklifi poytaxtdayam, viloyatlardayam qolgani yo‘q.
2-10-2023, 19:11
Вернуться назад