Re:wild ekologik guruhi olimlari mamlakat shimoli-sharqidagi Igarassa shahrida deyarli 200 yil davomida yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketgan, deb hisoblangan Ilex spiiformis oilasiga mansub to‘rtta daraxtni topdi.
Biologlarning fikriga ko‘ra, bu sayyoradagi ushbu turning oxirgi daraxtlari bo‘lishi mumkin. O‘simliklarning shahar hududida topilgani yanada ajablanarli edi.
Ilex spiiformis o‘tgan asrning 30-yillari oxirida tabiatshunos Jorj Gardner tomonidan kashf etilgan va o‘shandan beri bu daraxtni hech kim ko‘rmagan.
Re:wild vakillarining fikriga ko‘ra, bu daraxt insoniyat uchun umidsiz ravishda yo‘qolgan o‘simliklar ro‘yxatida to‘qqizinchi turga aylandi.
Endi olimlar topilgan namunalarni saqlab qolish va ularning yordami bilan yangi daraxtlar o‘stirish tashvishida.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy asrning boshidan beri Amazon tropik o‘rmonlari o‘z maydonining taxminan 10 foizini yo‘qotdi, o‘rmon kesilishining asosiy ulushi Braziliyada sodir bo‘ldi. O‘rmon maydonlarining qisqarishi bioxilma-xillikning kamayishiga olib keladi, shuning uchun olimlar o‘simliklar va hayvonlarning kashf etilgan har bir turini saqlab qolishga harakat qilmoqda.