Yaponiyaning Kioto shahrida avtomobilning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida bir guruh bolalarni bosib ketishi oqibatida uch nafar maktab o‘quvchisi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ertalab Sakyo shahri tumanida sodir bo‘lgan. Boshlang‘ich maktabga ketayotgan bolalar tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi bo‘ylab ketayotgan edi.
Aniqlik kiritilishicha, shifoxonaga yotqizilgan uch nafar bolaga shifokorlar hozirdanoq yordam ko‘rsatmoqda, ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q.
Polisiya avtomashinaning 59 yoshli haydovchisini qo‘lga oldi.