DataLife Engine / Qirg‘izistonda 12 yashar bola quturishdan vafot etdi

Qirg‘izistonda 12 yashar bola quturishdan vafot etdi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 12 yoshli bola quturgandan vafot etdi. Ma’lumotni sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tasdiqladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Epidemiologlar ma’lumotiga ko‘ra, bolaning o‘limi shifoxonaga tushganidan ikki kun o‘tib, 22-sentyabr kuni sodir bo‘lgan.

“Bola O‘sh shahri yashaydi, yozgi ta’til paytida u bobosi va buvisi bilan O‘zgan tumanida bo‘lgan. Iyul oyi oxirida uni dalada it tishlab olgan, bu haqda shifokorlarga murojaat qilishmagan. Ular faqat tishlagan joyni davolashgan. Klinik alomatlar bir yarim oydan keyin paydo bo‘lgan va allaqachon kech bo‘lgan”, — dedi O‘sh sanitariya-epidemiologiya sanitariya markazi.

Shifokorlar it tishlagandan keyin darhol shifokorga murojaat qilish kerakligini eslatdi. Bu jabrlanuvchining hayotini saqlab qoladi.
3-10-2023, 20:28
Вернуться назад