DataLife Engine / 1500 nafarga yaqin maktab o‘quvchisi jinoyat sodir etgan

1500 nafarga yaqin maktab o‘quvchisi jinoyat sodir etgan

2023 yilning 8 oyida respublikada 2121 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan 2024 ta jinoyatlar sodir etilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti O‘zAga ma’lum qildi.

Jinoyatlarda 1424 nafar maktab, 291 nafar akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, 142 nafar ishlamasdan yurganlar (maktabni tamomlagan) hamda 264 nafar ishlaydigan voyaga yetmaganlar ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda 2116 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lib, shundan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar soni 389 tani, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan. 

2021 yilda esa 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan. O‘tgan 2022 yilda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan.
3-10-2023, 20:52
Вернуться назад