"Manchester Siti" va Erling Xoland shartnomani uzaytirishni muhokama qilishadi.
Daily Mail jurnalisti Jek Gogenning xabar berishicha, "shaharliklar" norvegiyalik hujumchi bilan shartnomani 2028 yilgacha yoki undan ko‘proq uzaytirish umidida muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. Amaldagi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangi kelishuv shartlari futbolchining maoshini haftasiga 400 ming funt sterlinggacha oshirish va muhim bonuslarni o‘z ichiga oladi.
Xoland "Siti"ga 2022 yilda Dortmundning "Borussiya"sidan kelib qo‘shilgan edi. Premyer-ligada forvard 42 o‘yin o‘tkazib, 44 gol urgan.