Avgust oyida jahonda oltin narxi pasayishni boshladi. Bu esa O‘zbekiston Markaziy bankining 9 tonna oltin sotib olishiga sabab bo‘ldi. Sentyabrda narxlar yanada pasaydi va ko‘p ehtimol regulyator oltin sotib olishda davom etgan.
Avgust oyida boshqa markaziy banklar ham oltin sotib olishga jiddiy e’tibor qaratdi. Xitoy zaxiralariga 29 tonna oltin qo‘shgan bo‘lsa, Polsha 18 tonnalik, Turkiya esa 15 tonnalik xaridni amalga oshirdi.
O‘zbekiston to‘rtinchi bo‘ldi. Shu tariqa mamlakat 8 oy ichida 25 tonna oltin sotib oldi. Bu davrda 46 tonna oltin ham sotilgan.