DataLife Engine / Ronaldu «Yuventus»dan pullarini ololmayapti

Ronaldu «Yuventus»dan pullarini ololmayapti

Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dan 19 million yevrodan ko‘proq pul talab qilmoqda.

Chorshanba kuni FIFA arbitraj kengashi ish bo‘yicha tergov o‘tkazdi. Tadbir davomida tomonlar kelishmovchilikni hal qilishmadi. Yakuniy qaror 30 kun ichida qabul qilinadi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport.

Avvalroq, Ronaldu «Yuventus»ni tark etar ekan, klubga hech qanday moliyaviy da’vosi yo‘qligi haqida hujjat imzolagani xabar qilingandi.

Bundan tashqari, Krishtianu go‘yoki «Yuventus»da o‘zi rad etgan pulni qaytarishni kafolatlovchi qo‘shimcha shartnoma imzolamagan.
6-10-2023, 20:04
Вернуться назад